O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTI SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKT TIZIMLARINI QO‘LLASH METODOLOGIYASINING AHAMIYATI

Authors

  • Nasrulloev Hayotjon Xabibulloevich Author

Keywords:

sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot, barqaror iqtisodiy o‘sish, boshqaruv tizimi, avtomatlashtirish, samaradorlik, innovatsion texnologiyalar, raqobatbardoshlik

Abstract

Barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda sun’iy intellekt tizimlarini qo‘llash metodologiyasi zamonaviy raqamli iqtisodiyotning ajralmas qismi hisoblanadi. Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining iqtisodiy jarayonlarga ta’siri, ularni boshqaruv, ishlab chiqarish, moliyaviy va soliq tizimlarida samarali joriy etish metodologik asoslari tahlil qilingan. Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish va raqobatbardoshlikni kuchaytirish imkoniyatlari yoritilgan. Xorijiy mamlakatlar tajribasi hamda O‘zbekiston iqtisodiyoti sharoitida SI tizimlarini tatbiq etishning afzalliklari va muammolari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektga asoslangan boshqaruv yondashuvlari barqaror iqtisodiy o‘sish va samaradorlikni oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi

Author Biography

  • Nasrulloev Hayotjon Xabibulloevich

     

    TDIU huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazi

    mustaqil tadqiqotchisi (PhD)

    https://orcid.org/0009-0008-0394-5946

Published

2025-10-12