KISLOTA-QO‘RG‘OSHINLI AKKUMULYATORLARNING ISHLASH TAMOYILI VA POWER FRAME TEXNOLOGIYASI ASOSIDAGI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI
Keywords:
Akkumulyator, kislota-qo‘rg‘oshinli batareya, panjara qotishmasi, surma, kalsiy, korroziya, Power Frame texnologiyasi, elektrokimyoviy barqarorlik, energiya samaradorligi, motovoz.Abstract
Ushbu tezisda motovozlar, avtodrezinalar va avtomotrisalarda qo‘llaniladigan akkumulyator batareyalarining konstruktiv tuzilishi, ishlash prinsipi hamda ularni ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan materiallar tahlil qilingan. Kislota-qo‘rg‘oshinli akkumulyatorlarning afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib chiqilib, surma qo‘shilgan panjara qotishmalarining korroziya va gidroliz jarayonlarini tezlashtirishi aniqlangan. Shu munosabat bilan, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari tomonidan surma o‘rniga kalsiy qo‘llash va Power Frame texnologiyasi asosida sovuq shtamplash usulidan foydalanishning samaradorligi asoslab berilgan. Takomillashtirilgan panjara shakli va tuzilmasi akkumulyatorning elektrokimyoviy barqarorligini oshirib, xizmat muddatini uzaytirishi hamda energiya uzatish samaradorligini yaxshilashi ko‘rsatib o‘tilgan.
 
							