TORTUV GENERATORLARIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH VA TA’MIRLASH TEXNOLOGIYASI
Keywords:
Tortuv generatori, texnik xizmat ko‘rsatish, nosozliklar, diagnostika, lokomotiv, kollektor, cho‘tka, energiya samaradorligi, profilaktika, texnologik jarayon.Abstract
Tortuv generatorlariga texnik xizmat ko‘rsatish jarayoni lokomotivlarning uzluksiz va samarali ishlashini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu jarayon slesar-elektriklar tomonidan xizmat ko‘rsatish sexida amalga oshiriladi va odatda generatorlarni lokomotivdan yechmasdan bajariladi. Nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish maxsus stendlarda amalga oshiriladi. Generatorlarning asosiy nosozliklariga cho‘tkalar ostida uchqunlanish, kollektor bilan aloqa buzilishi, cho‘tka va kollektor yuzasining yemirilishiga olib keladi. Zamonaviy diagnostika usullari, jumladan megaommetr, ampermetr-voltmetr, termovizor va vibratsion tekshiruvlar generatorning texnik holatini aniqlash imkonini beradi. Texnik xizmatni sifatli tashkil etish generatorning ishlash muddatini uzaytiradi, energiya samaradorligini oshiradi va lokomotivning xavfsiz ishlashini ta’minlaydi.
 
							