IJTIMOIY DAVLAT INDEKATORLARIGA XOS XUSUSIYATLAR VA QONUNCHILIKKA TAKLIFLAR

Authors

  • Baxtiyorov Faxriyor Akromjon o‘g‘li Author

Keywords:

Ijtimoiy ta‘minot, ijtimoiy himoya, indikator, suverenitet, prinsiplar, xalq hokimiyatchiligi, davlat organlari, temir daftar

Abstract

O‘zbekiston ijtimoiy davlat sifatida tan olinib, davlat oilani to‘laqonli rivojlantirish, fuqarolarning bandligini ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish kabi ijtimoiy funksiyalarni bajaradi. Konstitutsiyada mehnatni muhofaza qilish, eng kam ish haqini belgilash, ijtimoiy ta’minot, bepul ta’lim va tibbiy yordam ko‘rsatish kabi kafolatlar mavjud. Davlat ijtimoiy himoya siyosatini kuchaytiradi, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar va tizimlarni ishlab chiqadi, shuningdek, ijtimoiy jihatdan muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor beradi. Ushbu tezis orqali aynan shu yo‘nalishlar bo‘yicha huquqiy asosga ega bo‘lishingiz mumkin.

Author Biography

  • Baxtiyorov Faxriyor Akromjon o‘g‘li

    O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Davlat huquqiy fanlar va inson huquqlari” kafedrasi o‘qituvchisi, leytenant

Published

2025-10-13