FAVQULODDA HOLATLARDAGI XAVFSIZLIKNI QONUNIY, HUQUQIY VA ME’YORIY BOSHQARISHNING DOLZARB MUAMMOLARINI TADQIQ QILISH
Keywords:
qonun, farmon, me'yoriy hujjatlar, dolzarb masalalar, xalqaro standartlar, hamkorlik, muloqot, favqulodda holatlar.Abstract
Favqulodda holatlar inson jamiyati rivoji davomida doimo eng muhim va e’tibordan chetda qolmaydigan masalalardan biri bo‘lib kelgan. Insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar doimo jamiyat oldiga yangi va dolzarb muammolarni qo‘yib kelmoqda. Aynan shunday vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlash hamda davlat, jamiyat va har bir fuqaro manfaatlarini himoya qilish uchun samarali boshqaruv tizimi zarurligi, hukumat va tegishli tashkilotlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Shu boisdan favqulodda holatlarda xavfsizlikni qonuniy, huquqiy va me’yoriy boshqarishning dolzarb masalalarini chuqur o‘rganish, mavjud tizimni takomillashtirish, yuksak samara beradigan yondashuvlarni o‘z vaqtida ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish zamon talabi hisoblanadi.
 
							