USMON AZIM POETIKASIDA IJTIMOIY RUHIYAT VA BADIIY RAMZLAR TIZIMI
Keywords:
Usmon Azim, o‘zbek she’riyati, ijtimoiy motivlar, axloqiy inqiroz, allegoriya, ironik nutq, metonimiya, poetik tizim, inson qalbi, tabiat, ruhiy uyg‘onish, jamiyat, qo‘rquv, befarqlik, yangilanish, poetik ramz, falak, ijtimoiy tanqid, axloqiy uyg‘onish.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yirik vakili Usmon Azim ijodida ijtimoiy mavzularning badiiy talqini tahlil qilinadi. Shoir asarlarida inson ruhiyati, jamiyatdagi befarqlik, qo‘rquv va ikkiyuzlamachilik holatlari obrazlar tizimi orqali yoritilgani ko‘rsatiladi. Maqolada Usmon Azim poetikasining asosiy xususiyatlari – ironik nutq uslubi, metonimik detal, ramziy obrazlar tizimi, so‘z–sukut kontrasti – orqali ijtimoiy ruhiyat tahlil etiladi.
Shuningdek, “O, bog‘lar gulladi” she’ri misolida tabiat obrazlari orqali inson qalbi va hayotiy yangilanish o‘rtasidagi uyg‘unlik yoritilib, shoirning optimistik, umidbaxsh dunyoqarashi namoyon etiladi. Tadqiqotda Usmon Azimning poetik tizimi o‘zbek she’riyatida axloqiy uyg‘onish, ijtimoiy tanqid, ruhiy o‘sish jarayonlarining badiiy ifodasi sifatida baholanadi.
 
							