O‘GAY ONA” ARXETIPINING ARXETIPIK TRANSFORMATSIYA MODELI (ATM) YORDAMIDA QIYOSIY TALQINI
Keywords:
arxetip, o‘gay onalik, arxetipik transformatsiya modeli, narrativ terapiya, dekonstruksiya, o‘tish bosqichi, integratsiyaAbstract
Mazkur maqolada Arxetipik transformatsiya modeli (ATM) nazariy-metodologik asos sifatida taklif etilib, u Karl Yungning arxetiplar haqidagi g‘oyalari, Erik Nyumannning “Buyuk Ona” konsepsiyasi hamda narrativ terapiya yondashuvlari bilan uyg‘un holda ishlab chiqilgan. Tadqiqot Elis Manroning “Shohona kaltaklar” (“Royal Beatings”) va Normurod Norqobilovning “Yangi ertak” hikoyalarini qiyosiy tahlil qilib, o‘gay onalik arxetipining salbiy va ijobiy talqinlarini bosqichma-bosqich tahlil qiladi. Tahlil jarayonida arxetipik maydonning faollashuvi, buzilishi, psixologik qayta ishlanishi, o‘tish bosqichi va yakuniy integratsiyasi jarayonlari ko‘rsatib beriladi. Maqola o‘gay onalik obrazining badiiy matnda qanday o‘zgarishi va inson ruhiy tiklanish jarayoni bilan bog‘liqligini ochib beradi
 
							