QANDLI DIABETDA DORI VOSITALARI BILAN KOMPLEKS DAVOLASH
Keywords:
Qandli diabet, insulin, metformin, glyukoza, glyukagon, glyukozal metabolizm, gipoglikemiya, parhez terapiyasi, insulin terapiyasi, kompleks davolash, diabetik asoratlarAbstract
Ushbu ilmiy maqolada qandli diabet kasalligini kompleks davolashda dori vositalari, parhez terapiyasi, jismoniy mashqlar va sog‘lom turmush tarzining o‘zaro bog‘liqligi ilmiy jihatdan yoritilgan. Diabetning I va II turlari orasidagi asosiy farqlar, ularning patogenezi, klinik belgilari va farmakologik davolash usullari tahlil qilingan. Zamonaviy dori vositalarining (insulin, metformin, sulfonilurea hosilalari, inkretinlar) farmakodinamik xususiyatlari, ularni to‘g‘ri qo‘llash prinsiplari hamda kombinatsiyalangan davolashning samaradorligi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Maqola o‘zbek manbalari asosida tayyorlangan va klinik amaliyot uchun metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi
Downloads
Published
																			2025-10-16
																	
				Issue
Section
								Articles
							
						 
							