YAPONIYA TAJRIBASIDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARI
Keywords:
tanqidiy fikrlash, hamkorlikda o’rganish, muammoli o’qitish, refliksiya, Yaponiya strategiyasi.Abstract
Texnologiyalar ta’sirida rivojlangan zamonaviy hayotimizda tanqidiy fikrlash jamiyatdagi muhim intellektual ko’nikmalardan biri hisoblanadi. U o’quvchilarning akademik yutuqlarga erishishida, turli xil masalalarga ijodiy yechim topish qobiliyatini rivojlantirishda va ma’lumotlarni tahlil qilishda, ularni ishonchli va ishonchsiz ekanligini tushunib yetishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tezisda tanqidiy fikrlash qobiliyatining ahamiyati hamda Yaponiya ta’lim tizimida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar tahlil qilinadi. Yaponiya ta’lim tizimining an’anaviy shakli asosan ma’lumotlarni yodlash va intizomga asoslangan bo’lsa-da, so’nggi yillardagi ta’lim islohotlari asosan mustaqil fikrlay oladigan va har qanday jarayonga ijodiy yondashuvchi shaxslarni tarbiyalashni asosiy maqsad qilib olgan va ushbu islohotlar orqali ijobiy natijalarga erishilmoqda. Ushbu tezisda O’zbekiston ta’lim tizimida Yaponiya tajribasini tatbiq etish imkoniyatlari va istiqbollariga qisqacha to’xtalib o’tiladi.
 
							