“YOSH AUDITORIYANING AXBOROT ISTE’MOLI VA RADIOESHITTIRISHLAR FORMATINING O‘ZGARISHI: O‘ZBEKISTON TAJRIBASI”

Authors

  • Mamadalieva Sahxnoza Abdumalikovna Author

Keywords:

radiojurnalistika, yosh auditoriya, axborot iste’moli, raqamli transformatsiya, ishonch, O‘zbekiston, podkast, sotsiologik tahlil.

Abstract

Ushbu tezisda raqamli transformatsiya davrida yosh auditoriyaning axborot iste’moli xususiyatlari va radioeshittirishlarning zamonaviy formatlarga moslashuvi masalasi tahlil etilgan. Tadqiqotning asosiy e’tibori 18–30 yosh oralig‘idagi auditoriyaning radioga bo‘lgan munosabati, ishonch darajasi va axborot ehtiyojlarining o‘zgarishiga qaratilgan. Maqolada O‘zbekiston ommaviy axborot tizimi misolida raqamli media muhitida radiojurnalistikaning o‘zgarib borayotgan ijtimoiy funktsiyalari sotsiologik yondashuv asosida o‘rganiladi. Shuningdek, yosh auditoriya uchun radiokontentni raqamli platformalar (podkast, ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar) bilan integratsiya qilishning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yoshlar orasida an’anaviy radioeshittirishlarni tinglash chastotasi pasayib borayotgan bo‘lsa-da, ularning zamonaviy, qisqa va interaktiv formatdagi kontentga bo‘lgan qiziqishi ortib bormoqda. Shu asosda maqolada radiotizimning raqamli muhitga moslashuvi, ishonchni tiklash va yosh auditoriyani jalb etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Author Biography

Published

2025-10-16