INGLIZ AXBOROT MATNLARIDA ZAMON TRANSFORMATSIYASI

Authors

  • Nigora Rejabova Author

Keywords:

zamon transformatsiyasi, axborot matni, hikoya qilish, zamon shakllari, pragmatika, kommunikativ effekt, ingliz tili

Abstract

Zamon transformatsiyasi bugungi global axborot makonida tilshunoslikning eng dolzarb muammolaridan biridir. Ingliz tilidagi yangilik matnlarida zamon shakllari nafaqat voqealarning vaqtini ifodalash, balki ularni o‘quvchi ongida real, dolzarb yoki tarixiy tarzda tasavvur ettirish vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Ushbu maqolada ingliz axborot matnlarida zamon transformatsiyasining asosiy turlari, ularning kommunikativ va pragmatik vazifalari, shuningdek, o‘quvchi idrokiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida 500 ta ingliz yangilik matni tanlab o‘rganildi, ularning asosida zamon o‘zgarishining uch asosiy tendensiyasi , relevans (dolzarblik), dramaturgiya (voqeani jonlantirish) va emotivlik (sub’yektivlik) tamoyillari aniqlangan. Maqolada zamon kategoriyasining funksional-semantik imkoniyatlari story-telling (voqeani hikoya qilish) usulida yoritilib, matn ichidagi vaqt o‘zgarishlari o‘quvchiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, axborot oqimini qanday tashkil etishi misollar orqali tushuntiriladi

Published

2025-10-17