PEDAGOGIK TA’LIM JARAYONIDA TALABALAR IJTIMOIY-EKSTREMAL KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI

Authors

  • Xushvaqtov Yusuf Qurbonmurod oʻgʻli Author

Keywords:

bilim, ko‘nikma, kompetensiya, jamiyat, pedagogika, talabalar, metodika, hamkorlik, vaziyatlar, treninglar

Abstract

Pedagogik ta’lim jarayonida talabalar ijtimoiy-ekstremal kompetentligini takomillashtirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bugungi globallashuv va axborot almashinuvi jadallashgan davrda ta’lim olish faqat nazariy bilim egallash bilan cheklanmay, balki talabalarning real hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri va samarali harakat qila olish, turli ijtimoiy muammolar, xavfli va kutilmagan holatlarga moslashgan holda to‘g‘ri qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan pedagogik ta’lim jarayonining tarkibiy va ajralmas qismi sifatida talabalar ijtimoiy-ekstremal kompetentligini rivojlantirishga alohida e’tibor berish zarurdir

Published

2025-10-17