YOSHLARDA AXBOROT ISTE’MOLI MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
Keywords:
axborot iste’moli madaniyati, yoshlar, media savodxonlik, tanqidiy fikrlash, kiberxavfsizlik, axborot texnologiyalari, raqamli madaniyat, axloqiy me’yorlar, raqamli gigiyenaAbstract
Ushbu maqolada zamonaviy raqamli jamiyatda yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishning zarurati, asosiy yo‘nalishlari va metodik yondashuvlari yoritilgan. Axborot texnologiyalarining keng tarqalishi, ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri va feyk axborotlar oqimi sharoitida yoshlarning axborotga bo‘lgan munosabati, uni tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish dolzarb muammo sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda kiberpedagogik kompetensiyalar, media savodxonlik, tanqidiy fikrlash va kiberxavfsizlik madaniyati asosida yoshlar ongida axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari hamda amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, axborot iste’molida axloqiy-me’yoriy yondashuv va raqamli gigiyena tushunchalari ham muhim tarkibiy qism sifatida ko‘rsatilgan
 
							