“OQ DO’NGPESHONA “ BALIG’I PARAZITLARI
Abstract
O‘zbekiston Respublikasi baliqchilik tarmog‘ida xususiylashtirish va xususiy mulkchilikni rivojlantirish jarayonlarini chuqurlashtirish, baliq ovlash va baliqchilik faoliyatini tashkil etishda bozor prinsiplariga va mexanizmlariga joriy etish, mahsulot monopoliyasini chiqarish hamda raqobat muhitini shakllantirish, baliq va baliq mahsulotlarini sotishni tartibga solish maqsadida 2003 yil 13 fevralda Vazirlar Mahkamasining 350-sonli “Baliqchilik tarmog‘ida monopoliyani chiqarish va xususiylashtirilishini chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini qabul qilinishi va bu qarorlarga 2004, 2010 yillarda o‘zgartirishlar kiritilishi natijasida baliqchilik xo‘jaliklariga tadbiq qilingan [1]. Hozirgi kunda kelib, O‘zbekiston suv havzalarida baliq yetishtirish va rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Tabiiy va sun’iy suv havzalari xo‘jalik tarzida foydalanayotgan paytda baliq zaxiralarini tiklash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Baliq zaxiralarini O‘zbekiston iqlim sharoitiga moslashtirilgan baliq turlari bilan ko‘paytirish choralari ko‘rilmoqda.
 
							