OʻZGA TILLI GURUHLARDA OʻZBEK TILIDA OGʻZAKI NUTQ KOʻNIKMASINI RIVOJLANTIRISHDA ROLLI OʻYINLAR VA MUNOZARA TEXNOLOGIYALARINING SAMARADORLIGI

Authors

  • Embergenova Raushana Author

Keywords:

Oʻzbek tili, ikkinchi til, ogʻzaki nutq, soʻzlashuv koʻnikmasi, rolli oʻyin, munozara, kommunikativ yondashuv, interfaol texnologiyalar.

Abstract

Ushbu ilmiy maqola oʻzga tilli sinflarda (rus, qozoq, qoraqalpoq va boshqa tillarda oʻqitiladigan taʼlim muassasalarida) oʻzbek tilini ikkinchi til sifatida oʻrganuvchilarning ogʻzaki nutq koʻnikmalarini rivojlantirishda interfaol taʼlim metodlari – rolli oʻyinlar va munozara (diskussiya) texnologiyalarining oʻrni va samaradorligini tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqot kommunikativ yondashuv asosida amalga oshirilgan boʻlib, bu usullarning oʻquvchilarning soʻzlashuvchanligini oshirish, lugʻat boyligini faollashtirish, xatolardan qoʻrqmasdan muloqotga kirishishga undash hamda ijtimoiy-madaniy kontekstda tilni qoʻllash malakasini shakllantirishdagi afzalliklarini yoritadi.  

Published

2025-10-19