SO‘ZLARNING ERKIN BIRIKMASI VA BARQAROR BIRIKMALAR O‘RTASIDAGI DIFFERENSIATSIYA

Authors

  • Jumag‘aliyeva Navbahor Author

Keywords:

differensiatsiya, leksik birlik, erkin birikma, barqaror birikma, kollokatsiya, kompozitsionlik, substitutsiya, frazeologizm, leksik-semantik chegara.

Abstract

Ushbu maqola O‘zbek tilidagi leksik birliklarning birikish xususiyatlarini tahlil qilish orqali tilshunoslik nazariyasining asosiy muammolaridan biri – so‘z birikmalarining erkin, kollokativ va frazeologik (barqaror) turlarga ajratish mezonlarini ilmiy asoslashga qaratilgan. Asosiy e’tibor kollokatsiyaga, ya’ni so‘z birikmasining “qisman erkinlik – qisman barqarorlik” xususiyatiga ega bo‘lgan oraliq holatiga qaratilgan. Differensiatsiya asosan semantik kompozitsionlik, strukturaviy almashtirish imkoniyati va kontekstual barqarorlik kabi uch asosiy mezon yordamida amalga oshiriladi. 

Author Biography

  • Jumag‘aliyeva Navbahor

    Nukus shahar 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi O‘zbek tili fani o‘qituvchisi

Published

2025-10-19