O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARINI O‘QITISHDA LINGVOKULTURAL XUSUSIYATLAR

Authors

  • Yuldasheva Nilufar Odilovna Author

Keywords:

lingvokulturologiya, kommunikativ kompetensiya, madaniyatlararo muloqot, o‘zbek tili, ingliz tili, til o‘rgatish metodikasi, refleksiya, diskurs hamjamiyati, interaktiv metodlar, audiovizual vositalar

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarini o‘qitishda lingvokultural yondashuvning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Til va madaniyat o‘zaro bog‘liq hodisa sifatida qaralib, kommunikativ kompetensiyani shakllantirishda madaniy kontekstning o‘rni ko‘rsatiladi. O‘zbek tilining milliy qadriyatlar bilan bog‘liqligi hamda ingliz tilining global madaniyatlararo xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, til o‘rgatishda interaktiv metodlar, audiovizual vositalar, refleksiya va diskurs hamjamiyatlari orqali lingvokultural kompetensiyani rivojlantirish usullari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari til o‘rgatish jarayonida madaniy tafovutlarni anglash va ularga moslashish zarurligini asoslaydi

Author Biography

  • Yuldasheva Nilufar Odilovna

    Academia International school

    ingliz tili o‘qituvchisi

Published

2025-11-03