IBN SALOH SHAHRIZURIYNING ILMIY MEROSINING HADIS ILMI TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI

Authors

  • Jalolxonov Muzaffarxon Author

Keywords:

Ibn Saloh Shahrizuriy, hadis ilmi, Muqaddima fi ulum al-hadis, hadis metodologiyasi, Shofeiy mazhabi, Mavsil, Nishopur, ilmiy maktab, mudarrislik an’anasi

Abstract

Ushbu maqolada hijriy VII asrning yetuk muhaddisi va faqihi Ibn Saloh Shahrizuriyning hayoti, ilmiy faoliyati hamda hadis ilmi taraqqiyotidagi o‘rni yoritiladi. U Shahrizur viloyatida tug‘ilib, dastlab Qur’on va fiqh ilmlarini otasi Saloh ibn Abdurrahmon qo‘lida o‘rgandi. Mazkur ilmiy an’ana Imom Shofeiyga borib taqaluvchi uzluksiz silsila orqali davom etgani ta’kidlanadi. Ibn Saloh Mavsil, Nishopur, Marv, Qazvin, Hamadon va Bag‘dod kabi ilm markazlarida yetuk muhaddis va fuqaholardan saboq olib, hadis ilmidagi pishiq metodologik yondashuvini shakllantirdi. Uning Salohiyya va Nizomiya madrasalarida mudarrislik faoliyati, shuningdek, ilmiy ijodi – xususan “Muqaddima fi Ulum al-Hadis”, “Sharhu Sahih Muslim”, “Kitob Adab al-Muftiy wa al-Mustaftiy” kabi asarlar hadis usulining tizimli ravishda rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Maqolada Ibn Salohning shogirdlari yetishtirishdagi roli va uning ilmiy maktabining Shom va Misr hududlaridagi ta’siri ham yoritiladi.

Author Biography

Published

2025-11-04