G‘ARBIY MAMLAKATLARDA OILA VA OILADA BOLA TARBIYASIGA MUNOSABAT
Keywords:
Gʻarbiy mamlakatlar, oila, bola tarbiyasi, shaxs erkinligi, gender tengligi, inson huquqlari, ota-onalik mas’uliyati, mustaqil fikrlashAbstract
Ushbu maqolada Gʻarbiy mamlakatlarda oila va oilada bola tarbiyasiga bo‘lgan munosabat, uning o‘ziga xos jihatlari hamda zamonaviy ijtimoiy hayotdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Gʻarb jamiyatlarida oila tushunchasi shaxs erkinligi, tenglik va inson huquqlariga asoslanadi. Bunday oilalarda erkak va ayol teng huquqli hamkor sifatida qaraladi, oilaviy munosabatlar o‘zaro hurmat va mas’uliyat asosida shakllanadi. Bola tarbiyasida esa eng muhim tamoyil — bolani mustaqil shaxs sifatida tan olish va uning huquqlarini hurmat qilishdir. Farzand tarbiyasida jismoniy yoki ruhiy jazo qo‘llash qat’iyan man etilgan bo‘lib, buning o‘rniga bolani tushunish, suhbat orqali yo‘naltirish va ijobiy rag‘batlantirish usullari keng qo‘llanadi. Gʻarb mamlakatlarida bola yoshligidan mustaqil fikrlash, qaror qabul qilish, mas’uliyatni his etish hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishga o‘rgatiladi. Shuningdek, ota va onaning bola tarbiyasidagi roli teng deb hisoblanadi, bu esa oilaviy muhitda gender tengligining mustahkamlanishiga xizmat qiladi