OILA TARBIYASIDA KO‘P UCHRAYDIGAN XATOLIKLAR VA ULARNI OLDINI OLISH.

Authors

  • Abdurashidova Xulkar Alisher qizi Author
  • Baxromova E’zoza Bahodir qizi Author

Keywords:

Oila tarbiyasi, tarbiyaviy xatoliklar, ota-ona mas’uliyati, muloqot madaniyati, bolaga individual yondashuv, pedagogik savodxonlik, ma’naviy muhit

Abstract

Mazkur maqolada oila tarbiyasida eng ko‘p uchraydigan xatoliklar hamda ularning oldini olish yo‘llari tahlil qilinadi. Oila — bolaning ilk tarbiya maktabi bo‘lib, undagi muhit va ota-onaning munosabati farzand shaxsining shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ammo ba’zi hollarda ota-onalarning beparvoligi, haddan tashqari qat’iyligi, mehr yetishmasligi, farzandning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olmaslik, oilaviy nizolar va noto‘g‘ri muloqot shakllari tarbiya jarayonida jiddiy xatoliklarga sabab bo‘ladi. Maqolada ushbu muammolarning ijtimoiy-pedagogik sabablari yoritilib, ularni bartaraf etishning samarali yo‘llari – oilaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish, ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirish, bolaga individual yondashuvni shakllantirish va oilada sog‘lom ma’naviy muhit yaratish bo‘yicha tavsiyalar berilgan

Author Biographies

  • Abdurashidova Xulkar Alisher qizi

    Shahrisabz davlat pedagogika instituti

    Pedagogika fakulteti Pedogogika  yoʻnalishi

  • Baxromova E’zoza Bahodir qizi

    Shahrisabz davlat pedagogika instituti

    Pedagogika fakulteti Pedogogika  yoʻnalishi

Published

2025-11-12