TARIXIY ROMANLARNI TARJIMA QILISH TAMOYILLARI VA MUAMMOLARI: O’ZBEK ADABIYOTIDAN INGLIZ TILIGA TARJIMA TAJRIBASI ASOSIDA
Keywords:
tarixiy roman tarjimasi, adekvatlik, badiiy qayta yaratish, madaniy adaptatsiya, Pirimqul Qodirov, Carol ErmakovaAbstract
Tarixiy romanlarni tarjima qilish adabiy tarjimaning eng murakkab yo‘nalishlaridan biridir. Chunki bu jarayon nafaqat lingvistik ma’noni, balki o‘tgan davrning vaqt, madaniyat va mafkura ruhini ham yetkazib berishni talab etadi. Ushbu tadqiqot o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarixiy romanlarni tarjima qilishda yuzaga keladigan asosiy tamoyillar va muammolarni o‘rganadi. Tahlil obyekti sifatida Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari va uning britaniyalik tarjimon Kerol Ermakova tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan varianti tanlandi. Maqolada tarixiy-badiiy matnni tarjima qilishda qo‘llaniladigan asosiy nazariy tamoyillar — adekvatlik, ekvivalentlik, qayta yaratish (rekreatsiya) va madaniy adaptatsiya masalalari tarixiy-madaniy kontekstda yoritiladi. Tadqiqot tarjimonning ikki davr o‘rtasida — Bobur zamonining tarixiy haqiqatlari va zamonaviy ingliz o‘quvchisi dunyoqarashi o‘rtasida — qanday madaniy vositachilik qilganini tahlil etadi