ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA MUSIQA DARSLARINI KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVDA LOYIHALASH METODIKASI
Keywords:
zamonaviy pedagogik texnologiyalar, musiqa darslari, kompetensiyaviy yondashuv, loyihalash metodikasi, innovatsion metodlar, o‘quv jarayoni, didaktik ta’minotAbstract
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida musiqa darslarini kompetensiyaviy yondashuvda loyihalash metodikasi masalasi bugungi kunda ta’lim tizimida dolzarb va muhim muammolardan biri bo‘lib, o‘quvchilarning musiqiy dunyoqarashi, estetik didi va ijodiy salohiyatini kengaytirishda asosiy omillardan hisoblanadi. Kompetensiyaviy yondashuv asosida darslarni loyihalash, zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda, o‘quvchilarni bilim bilan cheklanmay, ularning amaliy ko‘nikmalarini, shaxsiy tajribalarini, muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilishni va o‘zini o‘zi rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishini ta’minlaydi. Bunday yondashuvda asosan o‘quvchilarning nafaqat musiqa nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishi, balki ularning yaxlit shakllangan kompetensiyalar bilan qurollantirilishi ko‘zda tutiladi. Ushbu tezisda Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida musiqa darslarini kompetensiyaviy yondashuvda loyihalash metodikasi haqida ma'lumotlar berilgan