ABDURAUF FITRATNING “TIL SIYOSATI” QARASHLARI: JADIDCHILIKDAN POSTMUSTAMLAKACHILIK NAZARIYASIGACHA TAHLIL

Authors

  • Jo‘rayev Firdavs Umid o‘g‘li Author

Keywords:

Abdurauf Fitrat, til siyosati, jadidchilik, postmustamlakachilik, milliy identitet, ozodlik, madaniy meros

Abstract

Ushbu maqolada XX asr boshidagi o‘zbek ma’rifatparvarlari orasida alohida o‘rin tutgan Abdurauf Fitratning til haqidagi qarashlari zamonaviy postmustamlakachilik nazariyasi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — Fitratning til, millat va madaniyat o‘rtasidagi murakkab munosabat haqidagi g‘oyalarini jadidchilik doirasidan chiqib, global intellektual kontekstda o‘rganishdir. Maqolada Fitratning “Tilimiz”, “O‘zbek tili grammatikasi” hamda “O‘zbek tili uchun so‘zlik” kabi asarlaridagi til siyosati, milliy identitetni shakllantirishdagi tilning roli va mustamlakachilik davri tazyiqlariga nisbatan intellektual javobi tahlil qilinadi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Fitratning til haqidagi qarashlari nafaqat jadidchilik harakati doirasida, balki postmustamlakachilik tafakkurining erta shakllanish bosqichida ham muhim o‘rin egallagan. Ushbu yondashuv Fitrat merosini qayta talqin etish va o‘zbek til siyosati tarixiga yangi nazariy asos kiritish imkonini beradi

Author Biography

  • Jo‘rayev Firdavs Umid o‘g‘li

    Buxoro davlat universiteti

    Filologiya fakulteti

    Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

    yo‘nalishi bakalavri

Published

2025-11-14