TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA RANGTASVIR ORQALI OʻQUVCHILARDA ESTETIK DIDNI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Authors

  • Bahriddinov Sardor Sirojiddin oʻgʻli Author

Keywords:

Rang tasvir, STEAM, zamonaviy talim, estetika, ta’lim metodologiyasi,kreativ

Abstract

Mazkur tezisda rangtasvir fanining estetik tarbiya vositasi sifatidagi oʻrni hamda oʻquvchilarda badiiy didni shakllantirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Estetik did – bu nafaqat goʻzallikni idrok etish, balki uni anglash, baholash va yarata olish qobiliyati boʻlib, uni shakllantirish yosh avlodning ma’naviy kamoloti uchun muhim omildir. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari, xususan interaktiv metodlar, raqamli ilovalar, vizual madaniyatga asoslangan yondashuvlar orqali oʻquvchilarning tasviriy san’atga boʻlgan qiziqishi ortib, ularning estetik qarashlari chuqurlashmoqda. Tezisda innovatsion metodlarning (masalan, raqamli rassomlik, virtual galereyalar, tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi tahliliy usullar) amaliy qoʻllanilishi, ularning ta’sirchanligi va natijadorligi asosli misollar bilan yoritiladi. Xulosa oʻrnida, rangtasvir darslari – bu faqat rasm chizish emas, balki oʻquvchilarning estetik tafakkurini, madaniy ongini va goʻzallikni his qilish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi kuchli tarbiya vositasi ekanligi ta’kidlanadi

Author Biography

  • Bahriddinov Sardor Sirojiddin oʻgʻli

    13-son BMSM

    “Tasviriy san’at” ta’lim yoʻnalishi,

    O’qituvchisi 

    Sbahriddinov891@gmail.com/  Telefon: +998332071213

Published

2025-11-16