OILADA BOLALARNI VATANPARVAR RUHIDA TARBIYALASHNING SHAKL, METOD VA VOSITALARI
Keywords:
Vatanparvarlik tarbiyasi, oila, ota-ona namunasi, tarbiya shakllari, tarbiya metodlari, tarbiyaviy vositalar, milliy qadriyatlar, ma’naviy muhit, yosh avlod, Vatanga sadoqat, milliy g‘urur, xalq og‘zaki ijodi, tarixiy merosAbstract
Ushbu maqolada oilada bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mazmuni, maqsadi va ahamiyati keng yoritilgan. Tadqiqotda oilaning tarbiyaviy imkoniyatlari, ota-onaning shaxsiy namunasi, milliy qadriyatlar va oila muhitining yosh avlodda Vatanga muhabbat, sadoqat, mas’uliyat kabi fazilatlarni shakllantirishdagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, vatanparvarlik tarbiyasining asosiy shakllari — suhbatlar, amaliy faoliyat, oilaviy marosimlar; metodlari — namuna, ishontirish, rag‘batlantirish, birgalikdagi faoliyat; vositalari — xalq og‘zaki ijodi, tarixiy yodgorliklar, milliy bayramlar, adabiyot va san’at asarlari kabi omillar oila sharoitida samarali qo‘llanishi bo‘yicha xulosalar berilgan. Maqola oilaning xalqparvar va ma’naviy muhitini mustahkamlash orqali yosh avlodni vataniga sodiq shaxs sifatida tarbiyalashning ilmiy-amaliy asoslarini ochib beradi