FERMENTATSIYALANGAN MAHSULOTLAR TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH: SOG'LOM OZIQLANISHGA QARATILGAN YANGI TRENDLAR
Keywords:
Fermentatsiya, probiotiklar, ichak mikrobiotasi, starter kulturalari, oziq-ovqat texnologiyasiAbstract
Mazkur maqolada fermentatsiyalangan oziq-ovqat mahsulotlari (masalan, qatiq, kefir, tuzlama, xamirturushli non) texnologiyasining hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalari ko‘rib chiqiladi. Fermentatsiya jarayonining inson salomatligi uchun ahamiyati, xususan, ichak mikrobiotasiga ijobiy ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi fermentatsiya jarayonini optimallashtirish va mahsulot sifatini oshirish uchun innovatsion usullarni taklif qilishdan iborat. Natijalarda an’anaviy va zamonaviy starter kulturalarini qo‘llash samaradorligi solishtirildi. Xulosa qilib aytganda, fermentatsiya texnologiyasini takomillashtirish orqali yanada foydali, uzoq saqlanadigan va iste’molchilarga manzur bo‘ladigan mahsulotlar yaratish mumkin
Downloads
Published
2025-11-17
Issue
Section
Articles