QOSHG‘ARIY TILIDAGI QADIMGI TURKIY DUNYO MANZARARASI VA UNDA TIL VA MADANIYAT UYG‘UNLIGI
Keywords:
Qoshg‘ariy tili; qadimgi turkiy dunyo manzarasi; “Devonu lug‘otit-turk”; til va madaniyat uyg‘unligi; turkiy mifologiya; etnomadaniy kod; mentalitetAbstract
Ushbu maqolada Qoshg‘ariy tili doirasida shakllangan qadimgi turkiy dunyo manzarasi, uning lingvistik va madaniy asoslari tahlil qilinadi. Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit-turk” asari materiallari asosida turkiy xalqlarning borliqni tasavvur etish tamoyillari, tabiat, jamiyat va inson haqidagi qadimiy qarashlar qayta ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda til birliklarining semantik qatlamlari, mifologik tasavvurlar, etnik-madaniy kodlar va ularning turkiy mentalitetdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, Qoshg‘ariy tomonidan qayd etilgan leksik birliklar orqali o‘sha davr turkiy jamiyatida til va madaniyat uyg‘unligi, ularning o‘zaro ta’sir mexanizmlari ochib beriladi. Maqola turkiy xalqning qadimiy dunyoqarashi va hozirgi etnomadaniy jarayonlarni tushunishda muhim manba sifatida Qoshg‘ariy til materiallarining o‘rni va ahamiyatini asoslaydi