PEDAGOGIK LOYIHALASHTIRISH: MOHIYATI VA MAZMUNI
Keywords:
pedagogik loyihalash, ta’lim texnologiyalari, innovatsion yondashuv, o‘quvchi faoliyati, metodik asoslar, zamonaviy ta’lim, loyiha asosida ta’lim, o‘qituvchi kompetensiyasi, samarali ta’lim, ta’lim sifatiAbstract
Pedagogik loyihalash — zamonaviy ta’lim tizimida turli innovatsion jarayonlarning samarali tashkil etilishi, ta’lim sifatining yuksalishi hamda o’quvchilar shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ilg’or yondashuvlardan biridir. Bu hodisa nafaqat ta’lim jarayonining texnologiyalashuvi, balki didaktik muhitda integrallashuv, o’qituvchining ilgari surilayotgan yangiliklarni o’quvchilarga samarali yetkazish uchun harakat qilishi, o’qituvchining ijodiy faoliyati shakllanishi ham ma’nosini anglatadi. Shu tarzda, pedagogik loyihalashtirish o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi hamkorlik, o’zaro hamjihatlik, kelajakda yuqori malakali, zamonaviy bilim, ko’nikma va kompetensiyalarga ega shaxsni tarbiyalash uchun qulay muhit yaratish imkoniyatini ta’minlaydi.