OQOVA SUVLARNI ZAHARLI VA OG’IR METALLARDAN TOZALASH UCHUN SULFOKATIONITLAR SINTEZ QILISH HAMDA ULARNING TARKIBINI TURLI XIL FIZIK - KIMYOVIY USULLAR YORDAMIDA TAHLIL QILISH
Keywords:
oqova suvlar, sulfokationitlar, og‘ir metall ionlari, zaharli moddalar, ion-almashinish jarayoni, adsorbsiya, sulfonlash reaksiyasi, fizik-kimyoviy tahlil usullari, suvni tozalash texnologiyalariAbstract
Hozirgi kunda sanoat, qishloq xo‘jaligi va maishiy faoliyat natijasida hosil bo‘layotgan oqova suvlar tarkibida zaharli moddalar va og‘ir metall ionlarining ko‘payib borishi global ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Qo‘rg‘oshin, kadmiy, mis, rux kabi og‘ir metallar suv havzalarida to‘planib, tirik organizmlar uchun toksik ta’sir ko‘rsatadi hamda inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi. An’anaviy mexanik va biologik tozalash usullari ushbu ionlarni to‘liq bartaraf etishda yetarli samaradorlikni ta’minlay olmaydi. Shu sababli yuqori selektivlik va samaradorlikka ega bo‘lgan zamonaviy adsorbent materiallarni yaratish dolzarb hisoblanadi
Downloads
Published
2025-12-14
Issue
Section
Articles