REZUS-SENSIBILIZATSIYA ANIQLANGAN HOMILADORLARDA DOPPLEROMETRIK KO‘RSATKICHLARNING DIAGNOSTIK AHAMIYATI

Authors

  • Jabbarov.U.U Author
  • Raximberganov A.M. Author

Keywords:

rezus-sensibilizatsiya, homilaning gemolitik kasalligi, MCA PSV, Dopplerometriya, homila anemiyasi, intrauterin gemotransfuziya, anti-D titr, perinatal o‘lim

Abstract

Ushbu tadqiqot rezus-sensibilizatsiya aniqlangan homilador ayollarda homila gemolitik kasalligini (HGK) erta tashxislashda Dopplerometrik ko‘rsatkichlarning, xususan o‘rta miya arteriyasi maksimal sistolik tezligining (MCA PSV) diagnostik ahamiyatini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqot 2020–2025-yillarda Respublika perinatal markazida kuzatilgan 312 nafar rezus-manfiy qonli homilador ayol ma’lumotlari asosida olib borildi. Homiladorlar sensibilizatsiya holati va anti-D profilaktika qabul qilganlik darajasiga ko‘ra uch guruhga ajratildi. Barcha bemorlarda anti-D titr, MCA PSV (MoM), homila anemiyasi belgilari, intrauterin gemotransfuziya zarurati hamda tug‘ruq va neonatal natijalar tahlil qilindi. Natijalar MCA PSV >1,5 MoM bo‘lishi homilaning o‘rtacha va og‘ir anemiyasi bilan ishonchli bog‘liqligini ko‘rsatdi. Anti-D titr esa mustaqil diagnostik mezon sifatida yetarli aniqlikka ega emasligi aniqlandi. O‘z vaqtida bajarilgan Doppler monitoringi va intrauterin gemotransfuziya perinatal o‘lim va neonatal gemolitik asoratlarni sezilarli darajada kamaytirdi. MCA Doppler tekshiruvi rezus-sensibilizatsiyali homiladorlarni boshqarishda muhim noinvaziv diagnostik usul hisoblanadi

Author Biographies

  • Jabbarov.U.U

    Respublika perinatal markazi, Toshkent shahri

     

  • Raximberganov A.M.

    Respublika perinatal markazi, Toshkent shahri

     

Published

2025-12-15