SANOAT KORXONALARINING ATROF-MUHIT VA SALOMATLIKKA ZARARLI TA’SIRINI KAMAYTIRISH YO‘LLARI (O‘ZBEKISTON MISOLIDA)

Authors

  • Shaxzodaxon Mo’minova Ilhomjon qizi Author

Keywords:

sanoat ifloslanishi, ekologik siyosat, chiqindilarni boshqarish, yashil texnologiyalar, qayta tiklanadigan energiya, resurslardan oqilona foydalanish, barqaror rivojlanish

Abstract

Maqolada O‘zbekiston sharoitida sanoat korxonalarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishning asosiy yo‘llari oʻrganiladi. Jumladan, davlat ekologik siyosati doirasida 2030-yilgacha atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi qabul qilinib, chiqindilar monitoringi va “yashil” texnologiyalarni tatbiq etish kabi strategiyalar belgilangan.Sanoat ishlab chiqarishida energiya samaradorligini oshirish, chiqindilarni qayta ishlash va qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish orqali ifloslanish darajasi kamayishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.Shuningdek, ishlab chiqarishga yuqori samarali gaz-tozalash uskunalari o‘rnatish va avtomatik monitoring tizimlarini joriy etish kabi texnologik chora-tadbirlar tavsiya etiladi. Natijada, qatʼiy ekologik nazorat va zamonaviy “yashil” texnologiyalarni keng qo‘llash orqali sanoat chiqindilarini sezilarli darajada kamaytirish va ishlab chiqarishning ekologik-iqtisodiy samaradorligini oshirish mumkinligi aniqlangan

Author Biography

  • Shaxzodaxon Mo’minova Ilhomjon qizi

    Farg’ona davlat universiteti Tabiy fanlar fakulteti Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo’nalishi 3-bosqich 23-60–guruh talabasi

Published

2025-12-16