QIDIRUV TIZIMLARI ALGORITMLARINING ELEKTRON TIJORATDAGI KONVERSIYA KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Keywords:
qidiruv tizimlari algoritmlari, elektron tijorat, konversiya darajasi, SEO optimizatsiyasi, SEM, sunʼiy intellekt, raqamli marketing, foydalanuvchi tajribasiAbstract
Ushbu maqolada zamonaviy elektron tijorat platformalarida qidiruv tizimlari algoritmlarining konversiya koʻrsatkichlariga taʼsiri chuqur tahli qilinadi. Raqamli marketingning rivojlanishi bilan birga, Google, Yandex va boshqa yetakchi qidiruv tizimlarining doimiy algoritmik yangilanishlari elektron tijorat kompaniyalarining biznes samaradorligiga bevosita taʼsir koʻrsatmoqda.
Tadqiqotda organik qidiruv optimizatsiyasi (SEO), kontekstli reklama (SEM) va sunʼiy intellekt asosidagi personalizatsiya algoritmlarining konversiya darajasini oshirishdagi roli oʻrganiladi. Kalit soʻzlar optimizatsiyasi, sahifa yuklanish tezligi, mobil moslashtirish, foydalanuvchi tajribasi (UX) va maʼlumotlar tahlili kabi omillar orqali qidiruv algoritmlari elektron tijorat platformalarining konversiya metrikalariga qanday taʼsir oʻtkazishi haqida ilmiy va amaliy jihatlar yoritiladi.