ONLAYN TRANZAKSIYALAR XAVFSIZLIGI: ZAMONAVIY TAHDIDLAR VA ULARNING YECHIMLARI

Authors

  • Yuldashev Shadiyor Shuxrat o‘g‘li Author
  • Sadullayev Bobur G’ulomjon o’g’li Author

Keywords:

onlayn tranzaksiyalar, kiberxavfsizlik, fishing, malware, ko‘p faktorli autentifikatsiya, sun’iy intellekt, blockchain, raqamli to‘lovlar

Abstract

Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi bilan bir qatorda onlayn moliyaviy operatsiyalardan foydalanish ko‘lami sezilarli darajada kengaymoqda. Elektron to‘lov tizimlari, internet-banking, mobil ilovalar hamda elektron savdo platformalari orqali amalga oshirilayotgan tranzaksiyalar qulaylik yaratishi bilan birga, axborot xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarni ham yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, kiberjinoyatchilikning murakkablashuvi va zamonaviy texnologiyalardan noqonuniy foydalanish holatlari onlayn tranzaksiyalar xavfsizligini ta’minlash masalasini dolzarb yo‘nalishga aylantirmoqda. Mazkur maqolada onlayn tranzaksiyalar jarayonida uchraydigan asosiy xavf-xatarlar, jumladan fishing hujumlari, zararli dasturlar, ma’lumotlarning ruxsatsiz qo‘lga kiritilishi hamda identifikatsiya mexanizmlarining zaif jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, foydalanuvchi ma’lumotlarini himoyalashda kriptografik usullar, ko‘p bosqichli autentifikatsiya, xavfsiz aloqa protokollari va monitoring tizimlarining ahamiyati ilmiy asosda yoritib beriladi

Author Biographies

  • Yuldashev Shadiyor Shuxrat o‘g‘li

    Toshkent Davlat Iqtisodiyot

    Universiteti To‘rtkul fakulteti assisenti

  • Sadullayev Bobur G’ulomjon o’g’li

    To‘rtkul fakulteti Axborot tizimlari va texnologiyalari

    Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti talabasi

Published

2025-12-16