ELEKTRON TIJORATDA LOGISTIKANING INNOVATSION MODELLARI: DRONLAR, AVTOMATLASHTIRILGAN OMBORLAR
Keywords:
Elektron tijorat, logistika, dronlar, avtomatlashtirilgan omborlar, innovatsion modellari, yetkazib berish tizimi, raqamli iqtisodiyot, robotlashtirish, integratsiyalashgan tizimlar, sun’iy intellekt, logistika samaradorligiAbstract
Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va elektron tijoratning global miqyosda kengayishi natijasida logistika tizimlari sezilarli darajada transformatsiyaga uchramoqda. Onlayn savdo hajmining ortishi va iste’molchilarning tezkor yetkazib berishga bo‘lgan ehtiyoji, an’anaviy logistika usullarining samaradorligini cheklash bilan birga, innovatsion texnologiyalarni joriy etish zaruratini kuchaytirmoqda. Mazkur maqola zamonaviy elektron tijoratda logistikaning innovatsion modellari, jumladan, dronlar orqali yetkazib berish tizimlari va avtomatlashtirilgan omborlarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot jarayonida dronlar yordamida amalga oshiriladigan tezkor yetkazib berishning afzalliklari, xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlari hamda logistika jarayonlarining samaradorligini oshirish yo‘llari ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, robotlashtirilgan va avtomatlashtirilgan omborlarning ishlash prinsiplari, sun’iy intellekt va ma’lumotlar bazasi yordamida boshqaruvning samaradorligini oshirish metodlari batafsil ko‘rib chiqilgan. Maqolada dronlar va avtomatlashtirilgan omborlarni birlashtirgan integratsiyalashgan logistika modellari tahlil qilinib, ularning elektron tijorat ekotizimiga ta’siri va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari baholangan. Shu bilan birga, innovatsion logistika tizimlarining biznes jarayonlariga, xaridorlar tajribasiga va raqobatbardoshlikka qo‘shgan hissasi tadqiq qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali yetkazib berish jarayonlarini optimallashtirish, xarajatlarni kamaytirish va mijozlarning qoniqishini oshirish mumkin