“O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI TASHXIS ETISH” DA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Keywords:
bilim, ko‘nikma, malaka, tashxis, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, raqamli baholash, elektron test, adaptiv baholash, monitoring, ta’lim samaradorligi.Abstract
Ushbu mavzu o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritishga bag‘ishlangan. Unda raqamli baholash platformalari, elektron test tizimlari, adaptiv baholash vositalari hamda ta’lim jarayonini monitoring qilishga xizmat qiluvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan tashxis jarayoni o‘quvchilarning individual rivojlanish darajasini aniqlash, ta’lim natijalarini ob’ektiv baholash hamda o‘qituvchi faoliyatini samarali rejalashtirishga xizmat qilishi asoslab beriladi. Shuningdek, ushbu yondashuvlar orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, refleksiv tahlil ko‘nikmalari va o‘z-o‘zini baholash kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari ochib beriladi.