XALQARO BIZNESDA IQTISODIY OMILLARNI BAHOLASH: RIVOJLANGAN DAVLATLAR TAJRIBASI VA O'ZBEKISTON UCHUN IMKONIYATLAR
Keywords:
Kichik va o‘rta biznes, iqtisodiy o‘sish, rivojlangan davlatlar tajribasi, rivojlanayotgan davlatlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, innovatsiyalar, inson kapitali, “yashil” iqtisodiyot, ayollar tadbirkorligi, moliyaviy savodxonlik, startaplar rivoji, Germaniya tajribasi, AQSh Silikon vodiysi, O‘zbekiston iqtisodiy islohotlari, kredit liniyalari, tadbirkorlikni rag‘batlantirish, biznes infratuzilmasi, malaka oshirish markazlari, eksport salohiyati, barqaror rivojlanish, davlat–xususiy sektor hamkorligi.Abstract
Ushbu ilmiy ishda xalqaro biznesda iqtisodiy omillarni baholashning nazariy asoslari, ularning global iqtisodiy jarayonlarga ta’siri va davlatlar raqobatbardoshligini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Rivojlangan davlatlar — AQSH, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreya tajribasi asosida iqtisodiy barqarorlik, investitsion muhit, innovatsion rivojlanish, mehnat bozori samaradorligi hamda biznesni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining afzalliklari ochib beriladi. Mazkur tajribalar O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari, xususan iqtisodiy islohotlar, investitsion jozibadorlikni oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish va xalqaro biznesni rivojlantirishga oid ustuvor yo‘nalishlar bilan solishtirib tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar, strategik yondashuvlar hamda iqtisodiy omillarni baholashning samarali mexanizmlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar bilan yakunlanadi.