SURUNKALI JIGAR KASALLIKLARIDA SOG’LOM OVQATLANISHNING AHAMIYATI
Keywords:
Surunkali jigar kasalliklari, surunkali gepatit, jigar sirrozi, yogʻli gepatoz, sogʻlom ovqatlanish, parhez terapiyasi, dietoterapiya, jigar funksiyasi, metabolik jarayonlar, gepatoprotektiv ovqatlanish, hayot tarzi, profilaktika.Abstract
Hozirgi kunda surunkali jigar kasalliklari (surunkali gepatitlar, jigar sirrozi, yogʻli gepatoz va boshqa metabolik jigar kasalliklari) dunyo miqyosida aholi sogʻligʻi uchun jiddiy muammo boʻlib qolmoqda. Zamonaviy tibbiyotda farmakoterapiya bilan bir qatorda, hayot tarzini, xususan, ovqatlanish rejimini toʻgʻri tashkil etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Surunkali jigar kasalliklarida notoʻgʻri ovqatlanish jigar hujayralarining shikastlanishini kuchaytirib, kasallikning tezroq rivojlanishiga va asoratlarning erta yuzaga chiqishiga sabab boʻlishi mumkin. Aksincha, sogʻlom va muvozanatli ovqatlanish jigar funksiyasini qoʻllab-quvvatlab, metabolik jarayonlarni meʼyorlashtirishga, yalligʻlanish va fibroz jarayonlarini sekinlashtirishga xizmat qiladi. Shu sababli parhez terapiyasi surunkali jigar kasalliklarini davolash va reabilitatsiya jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi.