KESKIN KENGAYUVCHI QUVURLARDA BOSIM YO‘QOLISHINI NIKURADZE TAJRIBASI YORDAMIDA O‘RGANISH
Keywords:
Darsi – Veysbax, Nikuradze, laminar, turbulent, oqim, gidravlik qarshilik.Abstract
Ushbu maqolada gidravlik quvurlarning keskin kengayish kesimlarida yuzaga keladigan bosim yo‘qolishlari Nikuradze tajribasi uslubiyati asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda oqim strukturasining o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladigan uyurmali zonalar va ularning energiya yo‘qotilishiga ta’siri Borda-Karno tenglamasi yordamida qiyosiy o‘rganilgan. Tajriba natijalari orqali mahalliy qarshilik koeffitsiyentining Reynolds soni va quvur diametrlari nisbatiga bog‘liqligi aniqlangan. Nikuradze yondashuvidan foydalangan holda, oqimning turli rejimlari uchun gidravlik yo‘qotishlarning o‘zgarish qonuniyatlari grafik ko‘rinishda ifodalangan. Mazkur xulosalar gidrotexnik tizimlarni loyihalashda quvurlarning energiya samaradorligini oshirish va gidravlik hisoblarni aniqlashtirish uchun xizmat qiladi.