EKSPERIMENTAL GIPOTERIOZ FONIDA UMURTQA POG’ONASI SINHONDROZLARINING MORFOLOGIK TAVSIFI

Authors

  • Talibnazarova Dildora Dilshatovna Author

Keywords:

Gipoterioz, umurtqa pog‘onasi, sinhondroz, morfologiya, ossifikatsiya, tog‘ay to‘qima, eksperimental model

Abstract

Mazkur maqolada eksperimental gipoterioz holatida umurtqa pog‘onasi sinhondrozlarida yuz beradigan morfologik o‘zgarishlar ilmiy-nazariy va tajribaviy jihatdan o‘rganildi. Qalqonsimon bez gormonlarining yetishmovchiligi suyak-to‘qima tizimi rivojlanishiga, ayniqsa umurtqa pog‘onasi rivojlanishidagi muhim strukturaviy birlik hisoblangan sinhondrozlar holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida eksperimental gipoterioz modeli asosida sinhondrozlarda tog‘ay to‘qimaning qalinligi, hujayraviy tarkibi, ossifikatsiya jarayonlari va matriks tuzilishidagi o‘zgarishlar histologik usullar yordamida tahlil qilindi. Olingan natijalar gipoterioz sharoitida sinhondrozlarning rivojlanishida kechikish, tog‘ay hujayralarining proliferatsiyasi pasayishi va ossifikatsiya jarayonlarining susayishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari suyak tizimi patologiyalarini erta tashxislash va oldini olishda muhim ahamiyatga ega

Author Biography

  • Talibnazarova Dildora Dilshatovna

    Alfraganus University,

    “Tibbiyot“ fakulteti, “Tibbiyot“  kafedrasi

    talibnazarova86@bk.ru

    Telefon raqam: +99893 3913392

Published

2025-12-17