KUYISH JAROHATLARIDA AST VA ALT KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISHI: RSHTYOIM BF KUZATUVLARI ASOSIDA

Authors

  • Barnoyev S.Sh. Author

Abstract

Kuyish jarohatlari global sog‘liqni saqlash tizimida muhim o‘rin egallab, har yili 180 mingdan ortiq o‘lim holatlariga sabab bo‘ladi (WHO, 2022). Kuyishdan so‘ng organizmda yuzaga keladigan gipermetabolik javob yallig‘lanish mediatorlarining ortishi, to‘qimalar perfuziyasining buzilishi va ko‘plab ichki organlar, xususan jigar faoliyatining izdan chiqishi bilan xarakterlanadi (Jeschke, 2009). Gepatositlar darajasida sodir bo‘ladigan apoptoz va nekroz jarayonlari jigar fermentlari – aspartat aminotransferaza (AST) hamda alanin aminotransferaza (ALT) – ning erta oshishiga olib keladi (Nielson et al., 2017).  Tadqiqotning maqsadi — 2023–2025 yillar davomida RSHTYoIM BF kuyish bo‘limida davolangan 89 bemorda AST va ALT ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini tavsiflash

Author Biography

  • Barnoyev S.Sh.

    Buxoro davlat tibbiyot instituti, 

    ORCID: https://orcid.org/0009-0001-7348-876X

    Email: barnoyev.saidjon@bsmi.uz

     

Published

2025-12-17