STEFAN–BOLTSMAN QONUNI VA VINNING SILJISHI QONUNI UNING FIZIKADAGI AHAMIYATI

Authors

  • Choriyev Sadriddin Author
  • Fayziyeva Xolida Author
  • Allanazarova Sarvinoz Author

Keywords:

real laboratoriya, nurlanish, qora jism, emissivlik, temperatura, termodinamika, fizika

Abstract

Ushbu maqolada  mutlaq qora jism nurlanishini tavsiflovchi ikki muhim qonun — Stefan–Boltsmann qonuni va Vinning siljishi qonunining fizik mazmuni va ahamiyati yoritiladi. Stefan–Boltsmann qonuni jism sirtidan bir birlik vaqt ichida chiqariladigan nurlanish energiyasi uning mutlaq haroratining to‘rtinchi darajasi bilan proportsional ekanligini ifodalaydi, bu esa issiqlik almashinuvi va energiya balansini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. Vinning siljishi qonuni esa nurlanish spektridagi maksimum intensivlikka mos keluvchi to‘lqin uzunligi harorat oshishi bilan qisqarishini ko‘rsatadi va jismlarning harorati hamda rangini baholash imkonini beradi. Ushbu qonunlar astrofizika, termodinamika, kvant fizika hamda optika sohalarida keng qo‘llanilib, yulduzlar haroratini aniqlash, issiqlik qurilmalarini loyihalash va elektromagnit nurlanish xususiyatlarini izohlashda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.Ushbu maqolada Stefan–Boltsmann qonunining fizik mazmuni, matematik ifodasi va uning ilmiy-texnik sohalardagi amaliy qo‘llanilishi yoritiladi. Shuningdek, qora jism tushunchasi va haqiqiy jismlarning nurlanishi haqida ham ma’lumotlar keltirilgan

Author Biographies

Published

2025-12-17