NOSPETSIFIK SERVITSITNI DAVOLASHDA YANGICHA YONDASHUV

Authors

  • Sohibova G.K. Author

Abstract

Ayollarning reproduktiv organlarining yallig’lanish kasalliklari keng tarqalgan patologiya bo’lib, ginekologik kasalliklar strukturasining 60-65% ni tashkil qiladi. Bachadon bo’ynidagi yallig’lanish kasalliklari – servitsitlar ayollar reproduktiv organlari kasalliklari shikoyati bilan murojaat qilgan ayollarning 42% da uchraydi. Nospetsifik bachadon bo’yni yallig’lanishi kasalliklarining dolzarbligi ayollar hayot sifatiga sezilarli salbiy ta’sir ko’rsatib, nafaqat bemorlarning ish qobiliyatini pasaytiradi, balki jinsiy, siydik ayiruv tizimlari tomonidan kuzatiluvchi funksional buzilishlarga sabab bo’ladi. Nospetsifik bachadon bo’yni yallig’lanish kasalliklari muammosining dolzarbligi, shuningdek, ushbu patologiyaning ayolning reproduktiv salomatligi uchun ko’plab salbiy oqibatlari bilan bog’liq. Ilmiy o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra nospetsifik servitsitlar bachadon bo’yni ektopiyasi va displaziyasining shakllanishida muhim rol o’ynashi aniqlangan . Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda, hozirgi kunda ushbu kasallikka standart davolash metodlaridan tashqari yana qo’shimcha ravishda ushbu kasallikka tashxis qo’yish va uni davolash usullarini takomillashtirishning zaruriyatini ko’rsatadi

Author Biography

  • Sohibova G.K.

    Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent, O’zbekiston

Published

2025-12-17