GAZ KONDENSAT KONLARINING ISHLASH KORSATKICHLARINI BASHORAT QILISH VA ISTIQBOLLARINI MASHINALI O’QITISH USULLARINI QO’LLASH
Keywords:
gaz-kondensat konlari, mashinali o‘qitish, prognozlash, ishlash ko‘rsatkichlari, sun’iy intellekt, kon istiqbollari, quduq debiti, bosim rejimiAbstract
Gaz-kondensat konlarining samarali ishlashini ta’minlash va ularning uzoq muddatli rivojlanish istiqbollarini aniqlash zamonaviy neft-gaz sanoatining dolzarb masalalaridan biridir. An’anaviy geologik va gidrodinamik modellashtirish usullari murakkab, ko‘p vaqt talab etuvchi hamda katta hajmdagi hisob-kitoblarni talab qiladi. Ushbu maqolada gaz-kondensat konlarining ishlash ko‘rsatkichlarini bashorat qilishda mashinali o‘qitish usullarini qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Quduqlar debiti, bosim, kondensat ajralishi, gaz omili kabi asosiy texnologik parametrlar asosida prognoz modellari ishlab chiqish masalalari yoritiladi. Mashinali o‘qitish algoritmlarining yuqori aniqlikda bashorat berish imkoniyati konlarni boshqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslab beriladi