TOG’AY MURODNING “OTAMDAN QOLGAN DALALAR” ROMANIDA TAKROR SO’ZLARNING QO’LLANISHI
Keywords:
Tog‘ay Murod; “Otamdan qolgan dalalar”; takrorlar; leksik takror; sintaktik takror; kompozitsion takror; uslub; lingvopoetika; badiiylik; emosional-ekspressivlik; matn poetikasi.Abstract
Mazkur maqolada Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida takror so‘zlarning badiiy-uslubiy funksiyalari tahlil qilinadi. Asardagi takrorlar nafaqat til birliklarining qaytarilishi sifatida, balki qahramon ruhiyati, ichki kechinmalar, voqelikning dramatizmi va matnning emosional-ekspressiv ohangini kuchaytiruvchi vosita sifatida o‘rganiladi. Tadqiqot davomida leksik, sintaktik va kompozitsion takrorlarning vazifalari aniqlanib, ularning yozuvchining individual uslubini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, roman poetikasida takrorlar milliy ruh, xotira, iztirob va sadoqat g‘oyalarini teran ifodalashda muhim estetik-me’yoriy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Downloads
Published
2025-12-17
Issue
Section
Articles