DIDAKTIK DRAMA ASOSIDA KASBIY MAHORATNI RIVOJLANTIRISH METODIK MODELINI ISHLAB CHIQISH
Keywords:
didaktik drama, pedagog kasbiy mahorati, pedagogik kompetensiya, metodik model, refleksiya, interfaol ta’lim, ijodiy faoliyatAbstract
Mazkur maqolada didaktik drama texnologiyalarining pedagog kasbiy mahoratini rivojlantirishdagi o‘rni zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan chuqur tahlil qilinadi. Ta’lim tizimida pedagog shaxsining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish zaruratidan kelib chiqib, didaktik drama asosida pedagog kasbiy mahoratini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik model ishlab chiqiladi va asoslab beriladi. Tadqiqot davomida didaktik dramaning pedagog shaxsining ijodiy tafakkuri, kommunikativ madaniyati, emotsional barqarorligi va refleksiv fikrlashini rivojlantirishdagi imkoniyatlari muallifning shaxsiy pedagogik kuzatuvlari asosida yoritiladi. Maqolada didaktik drama texnologiyalarining pedagogik jarayondagi ahamiyati ochib berilib, uni pedagoglarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimiga joriy etish zarurati ilmiy jihatdan asoslanadi