O‘RTA QULOQ YALLIG‘LANISHINING (OTIT MEDIA) BOLALAR NUTQ RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Authors

  • Esonova Orzigul Shamshiddinovna Author
  • Abduraxmonov Xasan Baxodir o’g’li Author

Keywords:

otit media, o‘rta quloq yallig‘lanishi, nutq rivojlanishi, til kechikishi, eshitishning kamayishi, bolalar, eshitish qobiliyati, aloqa muammolari, erta aralashuv, bolalar audiologiyasi

Abstract

O‘rta quloq yallig‘lanishi (otit media) – bu bolalar orasida eng ko‘p uchraydigan va salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kasalliklardan biri hisoblanadi. Otit media, ayniqsa erta yoshdagi bolalarda, yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari, sovuq ob-havo, irsiy omillar, immunitet zaifligi kabi turli sabablar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Bu kasallik nafaqat eshitish faoliyatiga, balki bola rivojlanishining boshqa muhim sohalariga, shu jumladan nutq rivojlanishiga ham bevosita ta’sir o‘tkazadi. Bolalarning nutqi, asosan, eshitish orqali rivojlanadi. Yangi so‘zlarni o‘rganish, talaffuzni o‘zlashtirish, tovushlar orasidagi farqni anglashi ham eshitish qobiliyati bilan chambarchas bog‘liq. O‘rta quloqdagi yallig‘lanish jarayonlari natijasida bolada eshitishning vaqtincha yoki doimiy pasayib ketishi, tovushlarni noto‘g‘ri qabul qilishi, ayrim so‘z va iboralarni to‘liq eshita olmasligi kuzatiladi. Bu esa bola nutqining sekinlashishiga, ayrim hollarda esa buzilishiga olib keladi

Author Biographies

  • Esonova Orzigul Shamshiddinovna

    Namangan davlat universiteti

    Klinik kafedrasi o’qituvchisi

  • Abduraxmonov Xasan Baxodir o’g’li

     Davolash yonalishi 4 kurs talabasi 

Published

2026-01-13