FIZIKA O‘QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Keywords:
fizika ta’limi, pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuv, ta’lim samaradorligi, interaktiv metodlar, kompetensiyaviy yondashuv, zamonaviy darsAbstract
Mazkur maqolada fizika fanini o‘qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarning qo‘llanilishi o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, mantiqiy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish hamda fan bo‘yicha bilimlarni chuqur va barqaror egallashiga xizmat qilishi asoslab beriladi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning fizika darslarida qo‘llanishi o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati samaradorligini oshirish, o‘quv jarayonini interaktiv va motivatsion jihatdan boyitish imkonini berishi tahlil qilinadi. Maqolada yangi pedagogik texnologiyalarning o‘ziga xos jihatlari, ularning ta’lim sifati va natijadorligiga ta’siri hamda fizika fanining murakkab tushunchalarini o‘zlashtirishdagi ahamiyati ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan ochib beriladi