FIZIKA TA’LIM MAZMUNINI TAKOMILLASHTIRISHNI RAQOBATCHILIK ASOSIDA TASHKIL ETILISHINI O‘RGANISH
Keywords:
fizika ta’limi, ta’lim mazmuni, raqobatchilik, innovatsion ta’lim, ta’lim sifati, zamonaviy yondashuv, kompetensiyaAbstract
Mazkur maqolada fizika ta’limi mazmunini takomillashtirish jarayonini raqobatchilik tamoyillari asosida tashkil etish masalalari ilmiy-pedagogik jihatdan yoritiladi. Ta’lim tizimida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish fizika fanini o‘qitish sifati va samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida talqin etiladi. Raqobatchilik asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan ehtiyojini kuchaytirishi, ularning mustaqil izlanish faoliyatini faollashtirishi hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish imkonini berishi asoslab beriladi. Shuningdek, fizika ta’lim mazmunini zamonaviy fan-texnika yutuqlari bilan boyitish, ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini yangilashda raqobatga asoslangan yondashuvning ahamiyati ochib beriladi. Maqolada raqobatchilik muhiti orqali ta’lim mazmunining sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishi, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining samaradorligi ortishi masalalari tahlil qilinadi