MUHANDISLIK YO‘NALISHIDA O‘QIYOTGAN TALABALARDA KASBIY MOSLASHUVGA TO‘SQINLIK QILUVCHI PSIXOLOGIK TO‘SIQLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH STRATEGIYALARI

Authors

  • Mamatqulov Akbarjon Raim o‘g‘li Author

Keywords:

Kasbiy moslashuv, psixologik to‘siqlar, muhandislik talabalari, stress, motivatsiya, kasbiy identifikatsiya, psixologik strategiyalar

Abstract

Ushbu maqolada muhandislik yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar duch keladigan kasbiy moslashuv jarayoniga to‘sqinlik qiluvchi psixologik to‘siqlar tahlil qilinadi. Xususan, motivatsion pasayish, o‘ziga ishonchsizlik, stressga chidamlilikning pastligi, kommunikativ qiyinchiliklar va kasbiy identifikatsiya muammolari kabi omillar o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu to‘siqlarni bartaraf etishning samarali psixologik strategiyalari — kognitiv-behavioral yondashuv, ko‘nikmalarni rivojlantirish treninglari, psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimlari va motivatsion intervensiyalar haqida amaliy takliflar beriladi. Tadqiqot natijalari muhandislik talabalari uchun psixologik barqarorlikni mustahkamlash hamda kasbiy integratsiyani samarali yo‘lga qo‘yishda yordam beradi

Author Biography

  • Mamatqulov Akbarjon Raim o‘g‘li

    Buxoro davlat universiteti tadqiqotchisi

Published

2026-01-14