PUBLITSISTIK MATNLARDA TIL SIYOSATINING AKS ETISHI
Keywords:
Til siyosati, publitsistik matn, jadid publitsistikasi, umumturkiy til, milliy adabiy til, til va hokimiyat, sotsiolingvistika, til mafkurasi, ijtimoiy ong, til va millatAbstract
Ushbu maqolada XX asr boshlaridagi o‘zbek publitsistik matnlarida til siyosatining qanday aks etgani sotsiolingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Maqolada jadid publitsistlari — Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov va Xoji Muin asarlarida til masalasi qanday ijtimoiy, siyosiy va madaniy hodisa sifatida talqin etilgani yoritiladi. Maqolada til siyosati va ijtimoiy tabaqalanish, savodxonlik, milliy ong va hokimiyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ko‘rsatilib, publitsistik diskursning jamiyatdagi til mafkurasini shakllantirishdagi faol roli asoslab beriladi. Natijada publitsistik matnlar nafaqat til siyosatini aks ettiruvchi, balki uni ijtimoiy ongda shakllantiruvchi sotsiolingvistik mexanizm ekani isbotlanadi
Downloads
Published
2026-01-15
Issue
Section
Articles